XAYDAROV XAMIDJAN RADJAPOVICH

       Katta leytenant Xaydarov Xamidjan Radjapovich, 1914-yil 15-avgust Buxoro shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 1942-yilda Buxoro pedagogika institutini tamomlagan.

    1942-yil martdan oktabr gacha bo’lgan davrda Moskva aloqa muhandislari institutining harbiy fakultetini va Toshkent piyodalar bilim yurtini tamomlagan. 1943-yil aprelgacha 64-maxsus o’qchi brigadasining pulemyotchilar bo’limi qo’mondoni (Mari sh., Turkmaniston SSR). 1943-yilda  O’rta Osiyo harbiy okrugi kichik leytenantlari kurslari kursanti. 1943-yil sentabrdan oktabr gacha – 2-Ukraina frontining 36-gvardiya polkining vzvod komandiri. 1943-yil oktabrdan 1944-yilgacha 5247-sonli dala gospitali (Buxoro)da davolandi.

      Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni bilan va “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI