XARASOV IBRAGIM ISRAILOVICH
Katta leytenant Xarasov Ibragim Israilovich, 1921-yil 1-yanvarda Farg’ona viloyati Farg’ona tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1941-yilda Farg’ona pedagogika institutining 3-kursini tamomlagan.
1941-yil iyulda Olmaota piyoda askarlar bilim yurtida kursant bo’lib xizmat qila boshladi, undan keyin 92-o’qchi brigadasi (Termiz) pulemyot vzvodi komandiri etib tayinlandi. 1941-yil dekabrdan 1942-yil aprelgacha Janubiy-g’arbiy frontning 13-gvardiya o’qchilar diviziyasining 39-gvardiya o’qchilar polkining pulemyotchilar vzvodi komandiri bo’lgan. Yaralanganligi sababli 1942-yil iyuldan avgustgacha 4477-sonli evakuatsiya gospitali (Qirg’iziston SSR)da davolandi, undan keyin 336-zaxira o’qchi polkiga (Samarqand) yuborildi. 1943-yil fevraldan O’rta Osiyo harbiy okrugining 6-zaxira o’qchi brigadasi o’qchi rota komandiri. 1944-yil yanvar oyida Volxov fronti 28-armiyasining 378-o’qchi diviziyasining 1254-o’qchi polkining o’qchi rota komandiri etib tayinlandi. Yana yaralangach 3330-sonli evakuatsiya gospitaliga davolanish uchun yuborildi. 1944-yil martdan maygacha Leningrad frontining 8-armiyasi 256-o’qchi diviziyasining 930-o’qchi polkining o’qchi rota komandiri. O’sha yilning iyun-iyul oylarida yana jarohat olgan va Leningrad viloyatining 1928-sonli evakuatsiya gospitalida bo’lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni va “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.