XAMIDULIN XABIBULLA XAMIDULOVICH

        Kichik leytenant Xamidulin Xabibulla Xamidulovich, 1922-yil 15-avgustda Qozog’iston SSRning Akmola viloyati Lyutinsk qishlog’ida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti o’rta, 1939-yilda Abdullino shahridagi pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

           1941-yil maydan 1942-yil oktabrgacha bo’lgan davrda fuqarolik havo flotining (O’sh, Qirg’iziston SSR) 44-sonli aviatsiya otryadining va Armavir harbiy aviatsiya maktabi uchuvchilar maktabi (Krasnodar o’lkasi) kursanti bo’lgan. 1942-yil oktabr-noyabr oylarida Stalingrad fronti 64-armiyasi 38-gvardiya diviziyasining 29-vzvodi komandiri yordamchi. 1943-yilgacha yaralanganligi sababliu 3975-sonli evakuatsiya gospitali (Uralsk)da davolanib, u erdan O’zbekiston SSR Andijon viloyati Stalin tumani harbiy ro’yxatga olish yozuvchisi sifatida yuborilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Stalingrad mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlangan.

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI