XAMIDOV YUSUP

        Starshina Xamidov Yusup, 1920-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1936-yilda Toshkent shahridagi o’rta maktabning 5-sinfini tamomlagan.

        1940-yil oktabrda 644-o’ziyurar artilleriya polkida razvedkachi bo’lib xizmat qila boshlaydi. 1941-yil iyulda G’arbiy Ukraina frontining 1815-o’ziyurar artilleriya polkining razvedka bo’limi komandiri etib tayinlandi. 1943-yil martdan 1945-yil avgustgacha 86-o’ziyurar korpus tank batalyonida xizmat qiladi. Frontdagi xizmatlari davrda ikki marta yaralangan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun” va “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI