XALILOV BALTABAY

        Kapitan Xalilov Baltabay, 1924-yil 3-martda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti o’rta, 1942-yilda Buxorodagi 15-sonli pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

       1942-yil sentabrdan 1944-yil avgustgacha bo’lgan davrda IIXK konvoy qo’shinlari 37-diviziyasining 251-polkining o’qchi-kursanti bo’lib xizmat qiladi (Moskva viloyati). 1944-yil avgustdan 1945-yil maygacha 2-Belorus fronti tarkibidagi IIXK konvoy qo’shinlari 46-diviziyasining 222-polkining o’qchi otryadining komandiri bo’lgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI