VORONIN KONSTANTIN VASILYEVICH

    Leytenant Voronin Konstantin Vasilyevich, 1922-yil 18-avgustda Penzena viloyatining Vadinskiy tumani Semivrajki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

      1942-yil iyun oyida Penza harbiy minomyotchilar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Markaziy front tarkibidagi 365-o‘qchilar diviziyasining 1099-o‘qchilar polkiga vzvod komandiri etib tayinlanadi. 1942-yil dekabr oyidan 1943-yil fevral oyiga qadar 2863-sonli harbiy gospital (Gorkiy viloyati)da davolanadi. Salomatligini tiklagach Markaziy front tarkibidagi 18-o‘qchilar diviziyasining 58-o‘qchilar polkiga vzvod komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1943-yil iyun-dekabr oylarida 3503-sonli harbiy gospital (Moskva viloyatining Orexovo-Zueyevo sh.)da davolanadi. 1946-yilning yanvar oyiga qadar 1-Ukraina fronti 469-minomyotchilar polkining minomyotchilar komandiri lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI