VOLOSHENKO YEVDOKIYA LUKYANOVNA

   Leytenant Voloshenko (Sheglova) Yevdokiya Lukyanovna, 1924-yil 2-dekabrda Orenburg viloyatining Xaybulinskiy tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1942-yilda Toshkent shahridagi 64-o‘rta maktabning 10-sinfini, 1950-yilda Leningrad chet tillari maktabini tamomlagan.

      1943-yil sentabr oyidan 1944-yil mart oyiga qadar O‘zSSR IIXX 9-harbiy senzura bo‘linmasida 1-toifali nazoratchi lavozimida xizmat qilgan. 1944-yil mart oyidan 1945-yil aprel oyiga qadar Markaziy qo‘shin guruhlari DXXK 129-harbiy senzura bo‘linmasida 1-toifali nazoratchi bo‘lgan. 1945-yilning may oyiga qadar Ukranina fronti ixtiyoriga jo‘natiladi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI