VOLKOV KONSTANTIN DMITRIYEVICH

       Kapitan Volkov Konstantin Dmitriyevich, 1917-yil 21-mayda Saratov viloyatining Dergachi qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1931-yilda Toshkentdagi o‘rta maktabning 7-sinfini, 1935-yilda Toshkent tasviriy san’at texnikumini tamomlagan.

            Xizmatni 1938-yil oktabr oyida IIXK 13-motoo‘qchilar polkida (Olmaota sh.) qizil armiyachi sifatida boshlagan. 1940-yil noyabr oyidan 1942-yil sentabr oyiga qadar O‘zSSR IIXK militsiya boshqarmasining moliya bo‘limi (Toshkent sh.) nozir-taftishchisi lavozimida xizmat qilgan. 1942-yil mart oyidan 1943-yil mart oyiga qadar Kalinin fronti tarkibidagi 3-zarbdor armiyaning 21-o‘qchilar brigadasi 4-o‘qchilar batalonidagi “SMERSH” maxsus bo‘limi operativ vakili bo‘lgan. 1943-yil mart oyidan 1947-yil noyabr oyiga qadar O‘zSSR IIXK militsiya qo‘riqlash xizmati divizioni, Toshkent temir yo‘li militsiyasi yo‘l bo‘limi moliya qismi hisobchisi, katta hisobchisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI