VINOGRADOV ALEKSANDR FEDOROVICH

    Tibbiy xizmat mayori Vinogradov Aleksandr Fedorovich, 1941-yil 4-sentabrda Kalinin viloyatining Lukovnikovskiy tumani Magilskoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Leningrad harbiy-tibbiyot bilim yurtini tamomlagan.

     1938-yilning avgust oyidan 1946-yilning aprel oyiga qadar Uzoq Sharq fronti tarkibiga kiruvchi 1-armiyada aviatsiya-ta’mirlash bazasining 625-aerodromiga xizmat ko‘rsatish batalonidagi 50- va 21-aviabazada tibbiy punkt katta shifokor yordamchisi, harbiy feldsher lavozimlarida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI