VELIKODANOV NIKOLAY IVANOVICH

     Mayor Velikodanov Nikolay Ivanovich, 1921-yil 23-sentabrda Qirg‘iziston SSR Frunze viloyati Lebedinovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Leningrad o‘t o‘chiruvchilar bilim yurtini, 1954-yilda Frunze yuridik maktabini tamomlagan.

     1942-yil oktabr oyida Tbilisi tog‘-artilleriyasi bilim yurtini hamda diviziya artilleriyasi komandirlarini qayta tayyorlash kursini tamomlagach, Kavkazorti harbiy okrugi 261-o‘qchilar diviziyasining 809-artilleriya polkiga batareya komandiri etib tayinlanadi. 1943-yil avgust oyidan 1944-yil aprel oyiga qadar 4-Ukraina fronti tarkibiga kiruvchi 331-gaubitsa artilleriyasi polkida batareya komandiri lavozimida xizmat qiladi. Jangda jarohat olganligi sababli 1944-yil aprel-iyun oylarida 5111-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 4-Ukraina fronti tarkibiga kiruvchi 331-gaubitsa artilleriyasi polkiga batareya komandiri etib tayinlanadi. 1945-yilning iyun oyiga qadar 1- va 3-Belorus frontlari tarkibidagi 33-Armiyaning 222-o‘qchilar diviziyasi 666-artilleriya polkida batareya komandiri sifatida xizmat qiladi.

     Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI