VASIN NIKOLAY ANDREYEVICH

      Kapitan Vasin Nikolay Andreyevich, 1925-yil 3-mayda Mordova ASSR Atyasheyevskiy tumanining Maydan-Sheyn qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1943-yilda qishloq o‘rta maktabining 10 -sinfini, 1953-yilda Qozon yuridik maktabini tamomlagan.

       1943-yil iyul oyida Tambov pulemyotchi-minomyotchilar bilim yurtini tugatgandan so‘ng Kalilin fronti tarkibidagi 120-minomyotchilar batareyasining 977-o‘qchilar polkiga minomyotchi lavozimiga tayinlanadi. Jarohatlangani sababli 1943-yil oktabr oyidan 1944-yil yanvar oyiga qadar 5848-evakuatsiya gospitalida davolanadi. 1944-yil fevral oyiga qadar Kalilin fronti tarkibidagi 1263-o‘qchilar polkining minomyotchilar babatlonida minomyotchi sifatida xizmat qilgan. Navbatdagi jarohatidan so‘ng 1502-sonli evakuatsiya gospitali (Smolensk sh.)da davolanadi. 1944-yil iyun-iyul oylarida 1-Boltiqbo‘yi fronti 46-mexanizatsiyalashtirilgan brigadasida minomyotchi bo‘lgan. Janglarda yaralanib, 1944-yil iyul-oktabr oylari davomida evakuatsiya gospitali (Neyevel sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklaganidan so‘ng 3-Belorus fronti tarkibidagi 1-tankchilar korpusining 108-minomyotchilar polkida minomyotchiar batareyasi minomyotchisi bo‘lib xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI