VASIN MIXAIL IVANOVICH

           Kapitan Vasin Mixail Ivanovich, 1918-yil 9-iyulda Ryazan viloyatiining Spas-Klepikovskiy tumani Chebukino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1954-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

      1941-yilda IIXXning 11-chegara otryadida (Sebij sh., Belorussiya SSR) bo‘linma komandiri lavozimida xizmat qiladi. Keyinchalik xizmatni 1941-yil avgust-dekabr oylarida Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi 27-armiyaning IIXX maxsus bo‘limida qo‘riqlash rotasi komandiri lavozimida davom ettiradi. 1943-yil sentabr oyidan boshlab Kalilin fronti 4-zarbdor armiyasining IIXX maxsus bo‘limining alohida chegarachi-o‘qchilar rotasida bo‘linma komandiri bo‘lgan. 1943-yil sentabr oyidan 1944-yil iyul oyiga qadar Leningrad fronti tarkibidagi 8-eston o‘qchilari korpusining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida kotib-shifrlovchi lavozimida xizmat qiladi. 1945-yil avgust oyiga qadar Leningrad fronti 124-o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI