VASIN ALEKSEY PLATONOVICH

       Leytenant Vasin Aleksey Platonovich, 1909-yil 12-martda Penza viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda qurilish ishchilar fakultetining 3-bosqichini, 1957-yilda kunduzgi-sirtqi maktabni tamomlagan.

        1943-yil oktabr oyidan 1944-yil noyabr oyiga qadar IIXK Penzenskoy viloyati boshqarmasining hukumat “YUCH” aloqasi bo‘linmasida 1-toifali texnik lavozimida xizmat qilgan. 1945-yil may oyiga qadar 2-Ukraina fronti IIXX hukumat “YUCH” aloqalar bo‘limi texnigi sifatida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI