VALIYEV SAGIT GATAYEVICH

        Mayor Valiyev Sagit Gatayevich, 1922-yil 3-dekabrda Qirg‘iziston SSRning To‘qmoq shahrida tavallud topgan, millati tatar, 1952-yilda DXV militsiya maktabida tahsil olgan.

       Xizmatni 1941-yilning iyul oyida 83-tog‘ o‘qchilar diviziyasining 428-tog‘ o‘qchilari polkida qizil armiyasi sifatida boshlaydi. 1942-yil avgust oyidan 1943-yil iyul oyiga qadar Ashxobod harbiy piydalar bilim yurtida tahsil oladi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng 83-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 248-gvardiya o‘qchilari polkida minomyotchilar vzvodining komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1943-1945-yillarda 3-Belorus fronti tarkibidagi 2-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 33-gvardiya o‘qchilar polkida minomyotchilar vzvodiga komandirlik qiladi. 1945-yil fevral oyida jangda yaralanadi va 1012-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaning 20 yilligi”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI