VALIYEV MASGUT GALLYAMOVICH

           Mayor Valiyev Masgut Gallyamovich, 1921-yil 23-dekabrda Tatariston ASSRning Atninskiy tumanidagi Bolshaya Atnya qishlog‘ida tavallud topgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1957-yilda Chelkar shahridagi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

            1941-yil dekabr oyidan 1942-yil iyul oyiga qadar Xarkov piyodalar bilim yurti (Namangan sh.)da tahsil olgan. 1944-yilning mart oyiga qadar Samarqand shahridagi 368-zaxiradagi o‘qchilar polkida batalon komandiri sifatida xizmat qilgan. 1944-yilda 1-Ukraina fronti tarkibidagi 1-gvardiya armiyasi 167-o‘qchilar diviziyasining 615-o‘qchilar polkida vzvod komandiri bo‘lgan. 1944-yil iyul-avgust oylarida 2090- va 2624-sonli gospitallarida davolangan. Salomatligini tiklagandan so‘ng 4-Ukraina fronti tarkibidagi 1-gvardiya armiyasida 100-alohida armiya axloq tuzatish rotasiga komandir etib jo‘natiladi. 1945-yil yanvarda 4-Ukraina fronti tarkibidagi 1-gvardiya armiyasining 167-o‘qchilar diviziyasi 615-o‘qchilar polkida rotaga komandirlik qilayotgan davrida yaralanadi, keyinchalik 4-Ukraina fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi operativ vakili lavozimiga tayinlanadi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI