UTYUSHEV NIKOLAY IVANOVICH

      Kapitan Utyushev Nikolay Ivanovich, 1923-yil 8-iyunda Mordoviya ASSR Torbeevskiy tumani Yunko qishlog’ida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti oliy, 1960-yilda O’rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.

     1941-yil iyul oyida Toshkent piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagach, 230-tog’-o’qchi polkining minomyotchilar vzvodi komandiri etib tayinlangan. 1943-yil may oyidan oktabr oyiga qadar – O’rta Osiyo harbiy okrugining “Otish” kurslari tinglovchisi. 1944 yil yanvar oyiga qadar O’rta Osiyo harbiy okrugining 17-alohida ofitserlar tarkibi zaxira polki zaxirasida turgan. 1944-yil yanvar oyidan may oyigacha – 3-Ukraina fronti 20-alohida ofitserlar tarkibi zaxira polkining o’q otish tayyorgarligi o’qituvchisi. 1945-yil may oyiga qadar 3-Ukraina frontining
320-o’qchi diviziyasi 478-o’qchi polkining minomyotchilar rotasi komandiri lavozimida xizmat qilgan.

      Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Budapeshtni ishg’ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI