USIN FEDOR SERGEYEVICH

       Kapitan Usin Fedor Sergeyevich, 1913-yil 7-oktabrda Saratov viloyati Novouzensk shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1930-yilda Samarqand maktabning 7-sinfini, 1940-yilda Saratov aviatsiya texnikumini tamomlagan.

       1940-yildan 1942-yilgacha Markaziy frontning 130-tezyurar bombardimonchilar polkini aviatsiya zvenosi texnigi lavozimida xizmat o’tagan. 1943-yil yanvar oyida Markaziy frontning 1-Havo armiyasi 1-aviatsiya bazasining aviatsiya zvenosi texnigi etib tayinlangan. 1943-yil oktabr oyidan 1947-yil iyul oyigacha Markaziy frontning 122-gvardiya aviatsiya polki eskadrilyasining katta texnigi bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil” va “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI