USEROV NOSIR

      Kichik serjant Userov Nosir, 1924-yil 24-yanvarda Qoraqalpog’iston ASSR Taxtako’prik tumanida tug’ilgan, millati qozoq, ma’lumoti o’rta, 1942-yil Chimboy shahridagi o’rta maktabning 6-sinfini tamomlagan.

       1942-yil oktabr oyidan 1947-yil mart oyigacha bo’lgan davrda Leningrad va 1-Belorus frontlarining 34-alohida artilleriya divizioni 3-batareyasi tarkibida xizmat o’tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Jasurligi uchun”, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI