UMAROV AKBAR

       Umarov Akbar, 1918-yil Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti o’rta, 1939-yilda Andijon shahridagi texnikumni tamomlagan. 1946-1947-yillarda Toshkent o’lkalararo IIXK maktabida tahsil olgan.

       1939-yil noyabr oyida 24-otliq diviziyasida (Belorussiya SSR Lefel sh.) harbiy xizmatchi sifatida ish boshlagan. 1941-1945-yillarda – 354-o’qchi diviziyasi 1203-o’qchi polki batareya starshinasi. 1945-yil noyabr oyiga qadar 354-o’qchi diviziya 1199-o’qchi polki batareya starshinasi bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” va “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI