UMARDJANOV TALIP

        Starshina Umardjanov Talip, 1924-yil 24-avgustda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti o’rta, 1940-yilda 34-sonli o’rta maktabni to’liq tamomlamagan.

        1942-yilning sentabr oyidan dekabr oyiga qadar Janubiy-Ural harbiy okrugi 5-o’qchilar brigadasi o’quv batalyoni kursanti bo’lgan, o’qishni tamomlagandan so’ng esa Markaziy front Orlov yo’nalishi 351-o’qchilar polki pulemyotchisi lavozimiga tayinlangan. 1943-yilning iyul oyidan avgust oyiga qadar yaralanganligi sababli 1370-evakuasiya gospitali (Tula sh.)da davolangan. Sog’ligi tiklangandan so’ng esa 1945-yil mart oyiga qadar 2-Boltiqbo’yi fronti «SMERSH» kontrrazvedka boshqarmasida alohida batalyon aloqachisi lavozimida xizmat o’tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI