TVERDOXLEB TIMOFEY SEMENOVICH

       Mayor Tverdoxleb Timofey Semenovich, 1917-yil 10-yanvarda Ukraina SSRning Vinnitsa viloyati Teplik tumani Teplik qishlog’ida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o’rta, 1936-yilda Teplik zootexnikumini tamomlagan.

        1940-yil iyun oyidan 1941-yil oktabr oyigacha Vinnitsa viloyati IIXK Sitkovet va Gaysinov tuman bo’linmalarida operativ xodim lavozimida xizmat olib borgan. 1942-yil avgust oyiga qadar Markaziy frontning 10-havo-desant korpusi IIXK maxsus bo’limi katta operativ xodimi, 1942-yil avgust oyidan 1944-yil iyun oyigacha  Stalingrad va Janubi-G’arbiy frontlarning 41-gvardiya o‘qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limi katta operativ xodimi. 1944-yil iyun oyidan 1945-yil may oyiga qadar 2- va 3-Ukraina frontlarining katta tergovchisi lavozimlarida xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI