TVERDOXLEB NESTER MAKSIMOVICH

kichik serjant Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (29.06.1945)

1911-yil 23-fevralda Rossiya imperiyasining To‘rg‘ay viloyati Kustanay tumanidagi Uspenovka qishlog‘ida (hozirgi Qozog‘iston Respublikasi Kustanoy viloyati Fedorovskiy tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Ukrain. 4-sinfni tugatgan. O‘zbekistonda kolxozda traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan.
1942-yil fevralda Toshkent viloyatining Quyi-Chirchiq tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil may oyidan boshlab fashist bosqinchilarga qarshi Bryansk, Belorusiya, 1 va 3 Belorusiya frontlarida jang qilgan. 1944-yil boshida 110-o‘qchi diviziyasi 463-alohida muhandislik batalyonida sapyor bo‘lib, uning tarkibida G‘alabagacha jang qilgan.
1944-yil 22-fevralga o‘tar kechasi oddiy askari Tverdoxleb Dnepr daryosining Selets qishlog‘i yaqinida (Belorussiya, Mogilev viloyati Bixovskiy tumani) yaqinida o‘tish joyini tayyorlaydi. 28-fevralga o‘tar kechasi, hujum boshlanishi arafasida mudofaaning oldingi chizig‘ida mina maydonlarida yo‘l ochadi va dushman olovi ostida 37 ta minani zararsizlantiradi.
1944-yil 10-martdagi 110-o‘qchilar diviziyasining buyrug‘i bilan oddiy askar Tverdoxleb Nester Maksimovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlandi.
1944-yil 10-mayga o‘tar kechasi Usushek (Mogilev viloyatining Chauskiy tumani) qishlog‘i yaqinida oddiy askari Tverdoxleb mina maydonlarida 15 metrlik yo‘lni ochib, 25 ta piyodalarga qarshi minalar zararsizlantiradi va razvedka guruhining harakatlarini ta’minlab beradi. Bu bilan razvedka jangini muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi.
1944-yil 4-iyundagi 50-armiyaning buyrug‘i bilan oddiy askari Tverdoxleb Nester Maksimovich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 28-iyunda Zatishye tumanida (Mogilev viloyati) Dneper daryosiga o‘tish joyini tiklashda ishtirok etadi va 1289-o‘qchi polkining oldinga harakatlarini ta’minlab beradi. 26-iyundan 20-iyulgacha bo‘lgan hujumda 275 ta minalarni zararsizlantiradi. Krasny Bogatyr qishlog‘i yaqinidagi jangda shaxsan o‘zi 17 ta fashistni yo‘q qiladi va 4 tasini asir oladi.
“Qizil Yulduz” ordeni bilan mukofotlangan. 1944-yil 19-avgustdan 7-sentabrgacha Polshada hujum janglarida, safning oldingi qismida harakatlanib, 200 dan ortiq minalarni zararsizlantiradi va 4 ta joyda sim to‘siqlarni portlatib yo‘l ochib bergan. 8-sentabrda dushman olovi ostida Ruz daryosi bo‘yida ko‘prik qurilishi uchun minalarni zararsizlantiradi, 10 nafar fashistlarga qarshi jangga kiradi va o‘z bo‘linmasi kelgunicha ushlab turadi.
Shu janglarda II-darajali “Vatan urushi” ordeni bilan taqdirlangan. Urushning so‘nggi bosqichida Sharqiy Prussiya operatsiyasida, Koenigsberg (Kaliningrad) shahrini shturm qilishda qatnashgan. Shu janglarda kichik serjant Tverdoxleb sapyor guruhiga boshchilik qilgan. 1945-yil 10-aprelda Konigsberg shahri yaqinida (Sharqiy Prussiya, hozirgi Kaliningrad shahri) kichik serjant Tverdoxleb dushmanning mina maydoni va sim to‘siqlaridan 6 ta o‘tish joyini ochib beradi, 400 dan ortiq minalarni (ulardan 65 tasi zararsizlantirib bo‘lmaydigan elementlari bilan bo‘lgan) va 40 ta fugasni zararsizlantiradi. O‘tish joyidan piyoda askarlar bilan birga o‘tib birinchi bo‘lib dushman transheyasiga yorib kiradi, 7 nafar fashistni yo‘q qilib, 6 tasini asir o‘ladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 29-iyundagi Farmoni bilan kichik serjant Tverdoxleb Nester Maksimovichga I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil noyabrda zahiraga bo‘shatilgan. O‘zbekistonga qaytib kelgan. Soldatskiy qishlog‘ida yashagan (hozirgi Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Do‘stobod shahari), traktorchi bo‘lib ishlagan.
1981-yil 25-sentabrda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI