TUNIEV SERGEY AMBARSUMOVICH

   Kichik leytenant Tuniev Sergey Ambarsumovich, 1922-yil 28-mayda Buxoro viloyati Kogon shahrida tug’ilgan, millati arman, ma’lumoti oliy, 1956-yilda Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan.

1941-1942-yillarda O’rta Osiyo harbiy okrugi 23-Farg’ona aviatsiya uchuvchilari maktabi, harbiy-havo kuchlari aviatsiya mexaniklari maktabi (Samarqand sh.) va harbiy havo kuchlari aloqa maktabini (Toshkent) tamomlagan. 1942-yil aprel oyidan 1943-yil may oyigacha O’rta Osiyo harbiy okrugi (Turkmaniston SSR) harbiy-havo kuchlari 543-aerodrom xizmati batalyoni radisti lavozimida xizmat qilgan. 1944-yil aprel oyiga qadar 2-Ukraina frontining aerodrom xizmati 543-batalyoni ratsiya boshlig’i. 1944 yil aprel oyidan 1945-yil avgust oyigacha 10-harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabining kursanti (Chkalov viloyati, Sorochinsk sh.) bo’lgan.