TRESTIN BORIS IZRAILOVICH

        Katta serjant Trestin Boris Izrailovich, 1923-yil 15-mayda Ukraina SSR Odessa viloyati Pervomaysk shahrida tug’ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, 1936-yilda o’rta maktabning 5-sinfini tamomlagan.

        1941-yil iyun oyida 360-zaxira o’qchi polkining polk maktabi kursanti sifatida xizmatni boshlagan. 1941-yil avgust oyidan 1942-yil dekabr oyigacha Leningrad frontining 34-dengiz brigadasi bo’linma komandiri. 1943-yil sentabr oyigacha Leningrad frontining 124-o’qchi brigadasi vzvod komandiri yordamchisi. 1943-yil sentabr oyidan dekabr oyiga qadar Volxov frontining 851-alohida avtobatalyon bo’linmasi komandiri. 1944-yil sentabr oyigacha Leningrad frontining 10-alohida o’quv avtopolkining vzvod komandiri yordamchisi bo’lib ishlagan. 1944-yil sentabr oyidan Kirovograd shahridagi 43-avtotransport polki starshinasi bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” va “Leningrad mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI