TRAPEZNIKOV YEVGENIY DMITRIYEVICH

         Kapitan Trapeznikov Yevgeniy Dmitriyevich, 1914-yil 22-fevralda Omskda tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1933-yilda Samarqand shahridagi 37-sonli o’rta maktabning 7-sinfini, 1935-yilda iqtisodiyot texnikumini tamomlagan.

         1941-yil iyun oyidan 1942-yil yanvar oyigacha G’arbiy frontning 43-Armiyasi 194-o’qchi diviziyasi 616-o’qchi polkida shtab kotibi sifatida xizmat o’tagan. 1942-yil yanvar oyidan sentabr oyigacha 2686-sonli gospital (Moskva sh.)da davolanishda bo’lgan. 1942-yil sentabr oyidan 1943-yil mart oyiga qadar G’arbiy frontning 208-zaxira o’qchi polki o’quv batalyoni kursanti, keyinchalik 20-Armiyaning 331-o’qchi diviziyasi 1106-o’qchi polkining avtomatchilar rotasida xizmat qilgan. 1943-yil mart oyidan 1944-yil fevral oyigacha harbiy-siyosiy bilim yurti (Noginsk sh.) va “SMERSH” kontrrazvedka bosh boshqarmasi maktabining (Toshkent sh.) kursanti. 1944-yil fevral oyidan 1945-yil iyun oyigacha 3-Belorussiya frontining 5-armiyasi 65-o’qchi korpusi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi bo’lgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI