TOKAREV VASILIY VLADIMIROVICH

        Leytenant Tokarev Vasiliy Vladimirovich, 1924-yil 12-yanvarda Voronej viloyati Novoxoperskiy tumani Alferovka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutini tamomlagan.

           1943-yil may oyida Toshkent piyoda askarlar bilim yurtini tamomlagach, Shimoliy Kavkaz frontining 83-tog’-o’qchi diviziyasi 45-o’qchi polkining o’qchi vzvodi komandiri etib tayinlanadi. 1943-yil avgust oyidan 1944-yil yanvar oyigacha yaralanganligi sababli 5414-sonli evakuatsiya gospitali (Essentuki sh.)da davolangan. Sog’lig’i tiklangandan so’ng, 1-Boltiqbo’yi frontining 32-gvardiya o’qchi diviziyasi 80-gvardiya o’qchi polkining o’qchi vzvodi komandiri etib tayinlangan. Yana bir jarohatdan so’ng 1944-yil avgust oyidan 1945-yil yanvar oyigacha 2627-sonli evakuatsiya gospitali (Voronej viloyati)da davolanishda bo’lgan. 1945-yil sentabr oyiga qadar Voronej harbiy okrugi o’quv o’qchi polkining 4-bo’limi o’quv o’qchi vzvodi komandiri lavozimida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI