TKACHEV ALEKSANDR ILLARIONOVICH

 katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (19.10.1944)

1907-yil 19-avgustda Orenburg viloyati Buzuluk tumanidagi Novotroitsk qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. 11 yoshidan bolalar uyida tarbiyalangan.
1929-1932-yillarda Qizil Armiyada xizmat qilgan. Keyin O‘zbekistonda yashab, mehnat qilgan.
1938-yilda Toshkent shahridagi bosh hisobchilar kursini tamomlagan. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida daryo portining bosh hisobchisi bo‘lib ishlagan.
Urushning dastlabki yillarida Nijniy Tagil shahrida (Sverdlovsk viloyati) yashab, mehnat qilgan.
1943-yil fevralda Nijniy Tagil harbiy komissarligi tomonidan armiyaga chaqirilgan. 1944-yilning yoziga kelib 368-alohida armiya jazo rotasi tarkibida (13-armiya, 1-Belorussiya fronti) guruh komandiri bolib jang qilgan. Urush oxirigacha jazo rotasida jang qilgan.
1944-yil 22-24-iyun kunlari ko‘qsatgan jonbozligi uchun birinchi harbiy mukofotini “Jasorati uchun” medalini oladi. 1944-yil 17-22-iyul kunlari Lvov-Sandomir hujum operatsiyasida jazo rotasi 172-o‘qchilar diviziyasining hujum maydonida jang olib borgan. Shu janglarda katta serjant Tkachev o‘zini jasur va topqir guruh komandiri sifatida ko‘rsatadi, 11 nafar fashist askari va 1 ta ofitserni shaxsiy qurolidan yo‘q qiladi.
III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlash uchun taqdim etilgan. 1944-yil avgustda Vlastuv hududida dushmanning mudofaasini yorib o‘tishda, Sandomierz platsdarmini kengaytirish uchun o‘tkazilgan janglarda katta serjant Tkachev birinchi bo‘lib o‘z guruhi bilan oldinga intilib, dushman joylashgan 4 ta uyga hujum qiladi va barchasini qirib tashlaydi. Hujumni davom ettirib, o‘z guruhi bilan qishloq markaziga kirib boradi, 8 marotaba dushmanning qarshi hujumni qaytaradi va 30 ga yaqin dushman askarini yo‘q qiladi.
“Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlash uchun taqdim etilgan, ammo hujjatlar 295-o‘qchi diviziyasi shtabida to‘htab qoladi va faqat 6 oydan keyin imzolanadi, shu vaqt ichida jazo rotasi 287-o‘qchi diviziyasining mudofaa hududida jang olib borayotganda yana jonbozlik ko‘rsatadi. 1944-yil 15-sentabrda Ukraina hududida (Opatov shahridan janubi-sharqda, Svitokritskie Vivodexnika, Polsha) katta serjant Tkachev 10 kishilik guruh tarkibida razvedka ishlarini olib borishga qatnashgan. Dushman joylashgan joyiga birinchilardan bo‘lib kirib borib, o‘t ochib, nemis askarlarini asr olishga yordam beradi. Guruhda yo‘qotish bo‘lmay, 4 ta asirni, jumladan 1 ofitserni asir olib qaytib keladi. “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlash uchun taqdim etiladi.
1944-yil 30-sentabrdagi 13-armiya qo‘shinlarining (1944-yil iyuldagi janglar uchun) va 1944-yil 19-oktabrdagi 287-o‘qchilar diviziyasining buyruqlari bilan katta serjant Tkachev Aleksandr Illarionovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 14-martdagi 13-armiyaning buyrug‘i bilan katta serjant Tkachev Aleksandr Illarionovich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan (1944-yil avgustdagi janglar uchun). Urushning so‘nggi bosqichida, jazo rotasi tarkibida serjant Tkachev Berlin hujum operatsiyasida ishtirok etadi.
1945-yil 21-23-apreldagi janglarda artilleriya hisobini yo‘q qiladi, 15 ga yaqin fashistlarni qirib tashlaydi va 7 tasini asirga oladi. “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan. 1945-yil oktabr oyida serjant Tkachev zahiraga bo‘shatilgan. O‘zbekistonga qaytib kelgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 19-oktyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.
Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashagan.
1976-yil 10-martda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI