TITARENKO GRIGORIY AKSENTEVICH

       Katta leytenant Titarenko Grigoriy Aksentevich, 1925-yil 25-yanvarda Qozog’iston SSR Aktobe viloyati Novorossiysk qishlog’ida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti o’rta, 1956-yilda Surxondaryo viloyati Denov shahridagi o’rta maktabning 10-sinfini, 1952-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.

         1943-yil yanvar oyida Orlov piyoda askarlar bilim yurti (Turkmaniston SSR Chorjo’y sh.) kursanti sifatida xizmatni boshlagan. 1943-yil may oyidan dekabr oyigacha  Markaziy frontning 13-Armiyasi 6-gvardiya o’qchi diviziyasi 10-o’qchi polki razvedkachisi. Yaralanganligi sabab 1943-yil dekabr oyidan 1944-yil fevral oyiga qadar 12442-sonli evakuatsiya gospitali (Saratov sh.)da davolanishda bo’lgan. Sog’lig’i tiklangandan so’ng Qurolli Kuchlar zaxirasiga bo’shatilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI