ТИМУХИН СEРГEЙ МИХАЙЛОВИЧ

        Mayor Timuxin Sergey Mixaylovich, 1925-yil 5-martda Omsk viloyati Murom tumani Muromtsevo qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1942-yilda Murom tumani maktabining 10-sinfini tamomlagan.

         1943-yil iyun oyida 2-Omsk piyoda askarlar bilim yurtini tamomlaganidan so’ng, 1-Ukraina frontining 14-alohida o’quv front-tank polki kursanti etib tayinlangan. 1943-yil oktabr oyidan 1944-yil aprel oyigacha 1-Ukraina frontining 39-alohida tank polkida haydovchi-mexanik lavozimida xizmat qilgan. 1945-yil may oyiga qadar 1-Ukraina frontining 93-alohida tank brigadasi haydovchi-mexanigi bo’lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI