TIMOFEYEV IVAN FEDOROVICH

       Podpolkovnik Timofeyev Ivan Fedorovich, 1913-yil 10-yanvarda Omsk viloyati Kalachinskiy tumani Lagushino qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1957-yilda Toshkent pedagogika institutini tamomlagan.

       1939-yil sentabr oyida IIXK Xarkov chegara va ichki qo’shinlari aviatsiya bilim yurtini tamomlaganidan so’ng IIXK Novosibirsk viloyat boshqarmasi va Sibir harbiy okrugining IIXK maxsus bo’limi operativ xodimi, keyinchalik katta operativ xodimi lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yil sentabr oyidan 1943-yil avgust oyigacha – Kalinin va G’arbiy frontlarning 22-gvardiya o’qchi diviziyasi katta operativ xodimi. 1945-yil may oyiga qadar G’arbiy va 2-Boltiqbo’yi frontlarining 30-gvardiya o’qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi boshlig’ining o’rinbosari bo’lgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI