TERESHENKO KIRILL MATVEYEVICH

       Mayor Tereshenko Kirill Matveyevich, 1913-yil 22-iyulda Qozog’iston SSRning Olmaota viloyati Baxt qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1953-yilda o’rta maktabning 10-sinfini, 1957-yilda kechki marksizm va leninizm universitetini (Stalinobod sh.) tamomlagan.

      1941-yil noyabr oyida Sibir harbiy okrugi IIXK maxsus bo’limi qoshidagi operativ xodimlar kurslarini tamomlaganidan so’ng, IIXK Novosibirsk viloyat boshqarmasi 2-maxsus bo’limining 24-sonli harbiy senzura bo’linmasi nazoratchisi etib tayinlanadi. 1941-yil noyabr oyidan 1942-yil yanvar oyigacha 19-zaxira aviatsiya polkiga xizmat ko’rsatuvchi Sibir harbiy okrugining IIXK maxsus bo’limi 2-bo’linmasi operativ xodimi. 1943-yil mart oyiga qadar Stalingrad va Don frontlarining 284-o’qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limi operativ xodimi. 1943-yil mart oyidan oktabr oyigacha Janubi-G’arbiy va 3-Ukraina frontlarining 79-gvardiya o’qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limi katta operativ xodimi bo’lgan. 1944-yil may oyigacha yaralanganligi sabab evakuatsiya gospitalida davolanishda bo’lgan. Sog’lig’i tiklangandan so’ng 3-Ukraina va 1-Belorus frontlarining 79-gvardiya o’qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi katta operativ xodimi etib tayinlangan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI