TENYAKSHEV KONSTANTIN AFANASYEVICH

        Polkovnik Tenyakshev Konstantin Afanasyevich, 1922-yil 9-oktabrda Qozog’iston SSR Jambul shahrida tug’ilgan, mordvin, ma’lumotli oliy, 1940-yilda Lvov shahridagi o’rta maktabning 10-sinfini, 1956-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

          1940-yil noyabr oyidan 1941-yil iyul oyigacha 1-Moskva harbiy aviatsiya aloqa maktabining kursanti bo’lgan, o’qishni tamomlagach, 782-aerodromga xizmat ko’rsatish batalyoni meteorologi va 1942-yil noyabr oyidan Shimoli-g’arbiy frontning 854-aerodromga xizmat ko’rsatish batalyonining meteorologi etib tayinlangan. 1943-1944-yillarda ofitserlar tarkibini qayta tayyorlash kurslari tinglovchisi. 1944-yil yanvar oyidan may oyiga qadar 1-Belorus frontining Xarkov harbiy okrugi 194-qiruvchi aviatsiya diviziyasining katta meteorologi lavozimida faoliyat olib borgan. 1945-yil dekabr oyigacha 3-Ukraina frontining 194-Vena qiruvchi aviatsiya diviziyasi komandirining adyutanti bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabaga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI