TELEGIN PETR NIKOLAYEVICH

        Mayor Telegin Petr Nikolayevich, 1910-yil 19-yanvarda Kuybishev viloyati Borskiy tumani Bajenovka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1931-yilda Toshkentdagi O’rta Osiyo zootexnikumini tamomlagan.

        1938-yil sentabr oyida IIXK Toshkent viloyat boshqarmasiga stajer sifatida qabul qilinadi va u yerda O’zSSR IIXK 1-maxsus bo’limi 3-bo’linma katta operativ xodimigacha bo’lgan lavozimda xizmat o’tagan. 1942-yil may oyidan 1943-yil may oyiga qadar Kalinin frontinning 41-armiyasi IIXK maxsus bo’limi operativ hisobga olish guruhining katta operativ xodimi. 1943-yil may oyidan 1945-yil may oyigacha bo’lgan davrda Stepnoy va 2-Ukraina frontlarining «SMERSH» kontrrazvedka boshqarmasi operativ hisobga olish bo’limining katta operativ xodimi bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Venani ishg’ol etganligi uchun”, “Budapeshtni ishg’ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI