TASHPULATOV YULDASH

        Mayor Tashpulatov Yuldash, 1922-yil 18-sentabrda Toshkent viloyatida tug’ilgan, millati o’zbek, 1938-yilda Qibray viloyatidagi 30-sonli o’rta maktabning 10-sinfini, 1940-yilda Toshkent shahridagi 1-sonli pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

          1940-yil oktabrda Tambov viloyati Marshansk shahridagi artilleriya polkining 2044-korpusida Qizil Armiya askari sifatida xizmat qilishni boshlagan. 1941-yil aprel oyidan oktabr oyiga qadar Moskva harbiy muhandislik maktabining kursanti. O’quv yurtini tamomlagach, G’arbiy frontning 43-armiyasi 53-o‘qchi diviziyasi 12-o‘qchi polkining vzvod komandiri etib tayinlanadi. 1942-yilda G’arbiy frontning 49-armiyasi 34-alohida o‘qchi brigadasi 34-alohida sapyorlar rotasining vzvod komandiri. 1942 yil may oyidan 1944-yil fevral oyigacha Stepnoy va 2-Ukraina frontlarining 4-gvardiya armiyasi 78-gvardiya alohida sapyor batalyoni, 210-armiya zaxira sapyorlar polki, 11-gvardiya alohida sapyorlar batalonida rota komandiri o‘rinbosari va komandiri lavozimlarida xizmat qilgan. 1945-yil may oyiga qadar – 2- va 3-Ukraina frontlarining 4-Gvardiya armiyasi 7-havo-desant diviziyasi 29-gvardiya havo-desant o‘qchi polkining polk muhandisi bo‘lgan.

           Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI