TASHBAYEV XODJIDEDA

        Podpolkovnik Tashbayev Xodjideda, 1925-yil 12-iyulda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumotl oliy, 1936-yilda o’rta maktabning 7-sinfini, 1940-yilda Namangan pedagogika bilim yurtini, 1967-yilda Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan.

       1943-yil sentabr oyida Toshkent minomyot va pulemyot bilim yurtini tamomlaganidan so’ng kursant sifatida Krasnoyarsk o’lkasi 183-zaxira o‘qchi polkining polk maktabiga yuboriladi. 1943-yil sentabr oyidan 1944-yil avgust oyigacha 1-Belorussiya frontining 48-armiyasi 96-o‘qchi diviziyasi 331-o‘qchi polkining bo’linma komandiri. 1944-yil avgust oyiga qadar 2-Belorus frontining 48-armiyasi qoshidagi kichik leytenantlar armiya kurslari kursanti. 1945-yil mart oyiga qadar 2-Belorus frontining 48-armiyasi 96-o‘qchi diviziyasi 228-alohida razvedka rotasining vzvod komandiri bo’lgan. 1945 yil mart oyidan 2-Belorus frontining 48-armiyasi 96-o‘qchi diviziyasi 350-o‘qchi polkining o‘qchi vzvodi komandiri lavozimida xizmat o’tagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “III darajali Shon-sharaf” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI