TARASOV SERGEY SERGEYEVICH

       Kapitan Tarasov Sergey Sergeyevich, 1922-yil 10-aprelda Leningrad viloyati Batetskaya qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1940-yilda Toshkent shahridagi 101-o’rta maktabni, 1949-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.

       1940-yil oktabr oyidan 1941-yil iyun oyigacha bo’lgan davrda Moskva shahridagi 1-diviziya 6-motopolki qizil askari sifatida xizmat o’tagan. 1941-yil dekabr oyida Ryazan artilleriya bilim yurtini tamomlagach, O’rta Osiyo harbiy okrugi (Qo’qon sh.) alohida artilleriya divizioni vzvod komandiri etib tayinlangan. 1942-yil may oyida G’arbiy frontning 215-o‘qchi diviziyasi 781-artilleriya polki o’t ochish vzvodi komandiri, batareya komandiri o’rinbosari, shtab batareyasi komandiri. 1943-yil iyun oyidan 1946-yil aprel oyiga qadar  3-Belorus va 1-Uzoq Sharq frontlarining 215-o‘qchi diviziyasi 421-alohida qiruvchi tankka qarshi divizioni adyutanti bo’lgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI