TARASOV IVAN VASILYEVICH

       Podpolkovnik Tarasov Ivan Vasilyevich, 1900-yil 18-iyunda Moskva viloyati Shakhovskiy tumani Sereda qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1924-yilda Tbilisi shahridagi ishchilar fakultetining 2-kursini tamomlagan.

          1941-yil iyul oyidan 1943-yil yanvar oyigacha bo’lgan davrda Boshqirdiston ASSR IIXK operativ xodimi va katta operativ xodimi. 1943-yil iyun oyiga qadar  O’rta Osiyo harbiy okrugi maxsus bo’limida xizmat qilgan. 1943-yil iyun oyidan 1945-yil may oyigacha O’rta Osiyo harbiy okrugi maxsus bo’limining 5-bo’limi boshlig’ining o’rinbosari, so‘ng boshlig’i lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik 1947-yil iyun oyigacha Polsha hududidagi DXV operativ guruhi tarkibida maxsus xizmat safarida bo’lgan.

            Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil bayroq”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, «Armiya va Flotga 30 yil» medallari, “IIXK faxriy xodimi”, shuningdek Polsha Respublikasining “Xizmatlari uchun oltin xochi”, “Xizmatlari uchun kumush xochi”, “Nissa, Oder va Baltika uchun”, “Birdamlik va mustaqillik uchun” mukofotlari bilan taqdirlangan.

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

POLSHANING “XIZMATLARI UCHUN KUMUSH XOCHI” MUKOFOTI

POLSHANING “XIZMATLARI UCHUN OLTIN XOCHI” MUKOFOTI

POLSHANING “NISSA, ODER VA BALTIKA UCHUN” MUKOFOTI