TAGIBERGENOV ABDURAXMAN ERSEKEYEVICH

       Serjant Tagibergenov Abduraxman Ersekeyevich, 1925-yil 25-dekabrda Qozog’iston SSRning Qizil-O’rda viloyatida tug’ilgan, millati qozoq, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, 1942-yilda Termiz shahridagi o’rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

          Xizmatni 1943-yilning yanvar oyida Turkiston harbiy okrugi 17-zaxira artilleriya polkida nishonga oluvchi-oddiy askar sifatida boshlagan. 1943-yil iyul oyidan sentabr oyigacha Moskva harbiy okrugi 5-zenit-pulemyotchilar polkining pulemyotchisi, 1943-yil sentabr oyidan 1945-yil may oyigacha bo’lgan davrda 1-Ukraina fronti janglarida qatnashib, navodchik, so’ng 37-zenit-artilleriya diviziyasi 1404-zenit artilleriya polkining zenit pulemyot rotasi raschyot komandiri lavozimida xizmat o‘tagan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI