TADJIYEV KADIR

       Serjant Tadjiyev Kadir, 1922-yil 10-mayda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug’ilgan, o’zbek, ma’lumoti o’rta, Yangiariq tumanidagi o’rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

       1942-yil may oyida Xarkov harbiy-piyoda askarlar bilim yurtida (Namangan sh.) kursant sifatida xizmat boshladi. 1942-yil iyul oyidan sentabr oyigacha Volxov fronti 2-Zarbdor armiyasi 327-o‘qchilar diviziyasi 1908-o‘qchilar polkining otliq razvedkasi qizil askari. 1942-yil sentabrdan 1943-yil iyungacha 2939-sonli evakuatsiya gospitali (Moskva sh.)da davolanishda bo’lgan, va u yerdan Qurolli Kuchlar zaxirasiga o’tkazildi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI