SVIRIDOV NIKOLAY NIKOLAYEVICH
Polkovnik Sviridov Nikolay Nikolayevich, 1924-yil 6-martda Ryazan viloyati Jeltuxin tumani Shelemishevo qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1956-yilda Harbiy-yuridik akademiyasini (Moskva sh.) tamomlagan.
1942-yil avgust oyidan 1943-yil mart oyiga qadar Tambov harbiy-pulemyot bilim yurti kursanti. 1943-yilda Shimoliy-G’arbiy front 31-armiya 20-o’qchilar polkining bo’linma komandiri, keyinchalik G’arbiy front 10-gvardiyachilar armiyasining 65-gvardiya o’qchilar polki vzvod komandiri bo’lgan. Yaralanganligi sabab 1943-yil avgust oyidan 1944-yil yanvar oyigacha 3215-sonli evakuatsiya gospitali (Baku sh.)da davolangan. Sog’lig’i tiklangandan so’ng 49-kichik aviatsiya mutaxassislari maktabining alohida batalioniga yuboriladi. 1944-yil sentabr oyidan 1945-yil may oyigacha 1-Belorus fronti 2-gvardiya havo diviziyasi qo’riqlash vzvodi komandiri bo’lgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.