SUVOROV FEDOR PAVLOVICH

 

          Katta leytenant Suvorov Fedor Pavlovich, 1916-yilda Stalingrad viloyatida tug’ilgan, millati rus.

         Xizmatni 1937-yil oktabr oyida O’rta Osiyo harbiy okrugi 232-konvoy polkining kichik komandiri lavozimida boshlagan. 1941-yil fevral oyidan 1942-yil aprel oyiga qadar 1-sonli IIXK umumiy qamoqxonasida nazoratchi, jangovar tayyorgarlik bo’yicha instruktor. 1942-yil aprel oyida Kalinin fronti IIXK maxsus bo’limiga yuborilgan. 1945-yil 2-aprelda 2-Ukraina fronti “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi majburiyatini bajarish chog’ida avtohalokat oqibatida halok bo’lgan va Solnok shahridagi (Vengriya) harbiylar qabristoniga dafn etilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Jangovar xizmatlari uchun” va “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI