SUSLIN IVAN SEMENOVICH

     Katta praporshik Suslin Ivan Semenovich, 1926-yil 25-avgustda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1942-yilda Toshkent shahridagi o’rta maktabining 7-sinfini tamomlagan.

       1944-yil aprel oyida 1-Belorus fronti 1-Donskoy tank korpusi shtab haydovchisi lavozimida xizmat boshlagan. 1944-yil dekabr oyida 3-Xarkov tank bilim yurtiga 1-batalyon 3-rota kursanti sifatida qabul qilingan va uni 1946-yil mart oyida tamomlagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50, 60 va 70 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 70 YIL” MEDALI