SULEYMANOV TUKAY TIMEROVICH

 

     Podpolkovnik Suleymanov Tukay Timerovich, 1910-yil 18-avgustda Qozon shahrida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti oliy, 1936-yilda Moskva kooperativ savdo institutini tamomlagan.

       1941-yil noyabr oyida 71-havo bazasi hududining IIXK maxsus bo’limi boshlig’i sifatida frontga jo’natiladi. 1943-yil fevral oyidan iyul oyiga qadar Bryansk frontining 13-Armiyasi IIXK maxsus bo’limi 3-bo’linma boshlig’i. 1943-yil iyul oyidan 1945-yil may oyigacha Bryansk, 1-Ukraina frontlari va Markaziy qo’shinlar guruhining 3-gvardiya minomyotchilar Kiev diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi boshlig’i lavozimida ishlagan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI