SUBXANKULOV MAXMUT XUSAINOVICH

          Kapitan Subxankulov Maxmut Xusainovich, 1912-yil 24-dekabrda Boshqirdiston ASSR Chishminskiy tumani Safarovo qishlog’ida tug’ilgan, millati tatar, ma’lumoti o’rta, 1934-yilda Adliya Xalq Komissariyati (Ufa sh.) yuridik maktabini tamomlagan.

        1940-yil may oyidan 1941-yil iyun oyigacha bolgan davrda Ural harbiy okrugining 170-o‘qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limi operativ xodimi yordamchisi lavozimida xizmat o’tagan. 1941-yilda Boltiqbo’yi maxsus harbiy okrugi 44-mudofaa rayoni IIXK maxsus bo’limi operativ xodimi yordamchisi. 1941-yil oktabr oyidan 1944-yil may oyigacha Volxov va Leningrad frontlari 8-Armiyasining 128-o‘qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limi operativ xodimi. 1944-yilda Leningrad frontining 21-Armiyasi 128-o‘qchi diviziyasi IIXK maxsus bo’limi katta operativ xodimi. 1945-yil may oyiga qadar 1-Ukraina fronti 128-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limida katta operativ xodim lavozimida faoliyat olib borgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI