STRIJAK IVAN TIMOFEYEVICH

 

      Mayor Strijak Ivan Timofeyevich, 1917-yil 28-noyabrda Ukraina SSRning Dnepropetrovsk viloyati Apostolovskiy tumani, Mixailo-Zavodsk qishlog’ida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti oliy, 1938-yilda Xerson davlat pedagogika institutini tamomlagan.

     1938-yil oktabr oyida IIXK Kiev o’lkalararo maktabini tamomlagandan so’ng, Kiev harbiy okrugi IIXK maxsus bo’limi operativ vakili yordamchisi, so’ng operativ vakili etib tayinlanadi. 1940-yil aprel oyidan 1941-yil iyun oyiga qadar  Kiev harbiy okrugi 36-aviatsiya brigadasi va 16-aviatsiya diviziyasi IIXK maxsus bo’limi operativ vakili, 1943-yil aprel oyigacha Janubiy frontning 64-aviatsiya diviziyasi 149-aviatsiya polki IIXK maxsus bo’limi operativ vakili, 1943-yil aprel oyidan 1946-yil mart oyiga qadar Privioljk harbiy okrugi 3-zaxira aviatsiya brigadasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ vakili, tergovchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I  darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI