STRIGALEV VASILIY ALEKSEYEVICH

 

        Mayor Strigalev Vasiliy Alekseyevich, 1916-yil 8-aprelda Vologda viloyati Mejdurechenskiy tumani Shixovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1956-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1941-yil may oyidan avgust oyigacha IIXK Krasnoyarsk o’lkasi boshqarmasi Artyomov tumanlararo bo’limi operativ vakili lavozimida xizmat o’tagan. 1941-1943-yillarda 36-alohida batalyonga xizmat ko’rsatish bo’yicha Zabaykalye fronti IIXK maxsus bo’limi operativ xodimi. 1943-yil sentabr oyiga qadar Moskva harbiy okrugi 14-texnika brigadasi IIXK maxsus bo’limida operativ xodim. 1943-yil sentabr oyidan 1944-yil iyul oyigacha 2- va 3-Ukraina frontlari 35-zenit-artilleriya diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limida operativ xodim. 1944-yil iyul oyidan 1945-yil may oyiga qadar bo’lgan davrda 3-Ukraina fronti 37-Armiyasi va Janubiy qoshinlar guruhi kontrrazvedka bo’limi 3-bo’linmasi katta operativ vakili lavozimida xizmatni davom ettiradi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI