STEPANOV LEV ALEKSEYEVICH

 

        Leytenant Stepanov Lev Alekseyevich, 1919-yil 1-noyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, millati rus, malumoti to‘liqsiz o‘rta, 1936-yilda o‘rta maktabning 6-sinfini tamomlagan.

       1939-yil oktabr oyidan 1940-yil iyun oyigacha bo‘lgan davrda alohida o‘kuv tank bataloni kursanti bo‘lgan. 1940-yil iyun oyida 41-alohida engil tank brigadasi 224-alohida tank bataloni haydovchi-mexanigi, 1941-yil aprel oyidan dekabr oyiga qadar 108-tank polki haydovchi-mexanigi lavozimlarida xizmat kilgan. 1941-yil dekabr oyidan 1942-yil may oyigacha yaralanganligi sababli 1287-sonli evakuatsiya gospitalida davolangan. Sog‘lig‘i tiklangandan so‘ng 61-O‘zSSR IIXK-DXXK radiostansiyasida vaxtyor, so‘ng kichik operator lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI