SOLOVEV IVAN SEMENOVICH
Kapitan Solovev Ivan Semenovich, 1908-yil 23-sentabrda Chelyabinsk viloyati Nijne-Uvelskiy tumani Kobanka qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o‘rta, o’rta maktabning 7-sinfini tugatgan.
1943-yil fevral oyida Gorkiy nomidagi harbiy-siyosiy bilim yurtini tugatganidan so’ng, G’arbiy frontning 492-artilleriya polki siyosiy ishlar bo’yicha batareya komandiri o’rinbosari etib tayinlanadi. 1943-yil iyun oyidan 1944-yil fevral oyigacha
2-Xarkov tank bilim yurti (Samarqand sh.) tinglovchisi bo‘lgan. 1945-yil mart oyiga qadar 3-Ukraina fronti 9-Gvardiya armiyasi 106-diviziya 1923-o’ziyurar polki batareya komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1945-yil mart oyidan iyul oyigacha yaralanganligi sababli 3805-sonli evakuatsiya gospitali (Vengriya, Budapesht sh.)da davolangan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.