SOLDATOV ALEKSEY MIXAYLOVICH

       

    Soldatov Aleksey Mixaylovich, 1914-yil 6-avgustda Gorkiy viloyati Mordovshik tumani Chud qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1933-yilda fabrika-zavod shogirdlik maktabini tugatgan.

      1940-yil fevral oyida Qora dengiz flotining aerostat to‘siqlari alohida otryadining mas’ul kotibi sifatida xizmatni boshlagan. 1942-yil martidan 1943-yil avgust oyigacha – Qora dengiz flotining to‘siqlari aerostatlar alohida otryad komandiri o’rinbosarining siyosiy masalalar bo’yicha rahbari bo‘lgan. 1943-yil avgust oyidan 1944-yil iyul oyigacha bo’lgan davrda IIXK (Moskva sh.) Oliy maktabining kursanti bo ‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Sevastopol mudofaasi uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“SEVASTOPOL MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI