SOKOLOV NIKOLAY STEPANOVICH

       Podpolkovnik Sokolov Nikolay Stepanovich, 1920-yil 5-avgustda Kalinin viloyati Rjev tumani Glinkova qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1938-yilda Rjev tumanidagi o’rta maktabni tugatgan.

            1941-yilda Kiev maxsus harbiy okrugi va Janubiy-g’arbiy frontning 3-alohida tank brigadasi 37-tank diviziyasi IIXK maxsus bo’limini operativ vakili sifatida xizmat o‘tagan. 1941-yil avgust oyidan Janubiy-g‘arbiy va Janubiy frontlari 3-tank brigadasi IIXK maxsus bo’limi operativ vakili lavozimida xizmat qiladi. 1942-yil may oyida yaralanganligi sababli 2102-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi, sog’lig’i tiklangandan so’ng Stalingrad fronti IIXK maxsus bo’limi operativ xodimi sifatida 83-gvardiya minomyotchilar polki 358-gvardiya minomyot diviziyasiga xizmat qilish uchun yuborildi. 1943-yil aprel oyidan 1944-yil sentabr oyiga qadar 3, 4-Ukraina va 2-Boltiqbo‘yi frontlari 14-gvardiya og’ir minomyot brigadasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi operativ xodimi. 1944-yil sentabr oyida 2-Boltiqbo‘yi fronti 379-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi katta operativ xodimi. 1945-yil yanvar oyidan 1-Ukraina fronti “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasida katta operativ xodim lavozimida xizmat olib borgan.

           Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”,  “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI